Muallif uchun

Maqola qо‘lyozmasini taqdim etish qoidalari

Qо‘lyozmani taqdim etish.

 

Qо‘lyozmani taqdim etish doirasida Siz о‘zingizning asl ishingizni jо‘natayotganingizni, shu ishga huquqingiz mavjudligini, shu ishni birinchi marotaba ushbu jurnalda chop etish uchun taqdim etayotganingizni, bu ish boshqa jurnal yoki nashrlarda chop etish uchun kо‘rib chiqilmayotganligini kafolatlashingiz kerak. Maqola tahririyatga topshirilishida matnlarning originalligini aniqlash tizimda tekshirilib, tekshirish natijalari bilan taqdim etilishi hamda ishning originalligi 75% dan kam bо‘lmasligi kerak. Maqola barcha mualliflar tomonidan va ish bajarilgan tashkilot tomonidan ma’qullangan bо‘lishi kerak. Tashkilotning roziligi rahbariyatning yо‘llanma xati orqali isbotlanadi. Qо‘lyozma о‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

Biz nimani chop etamiz?

«Journal of Innovative Research in Textile and Light Industry» jurnali mutaxassislarning qо‘yidagi yо‘nalishlardagi ilmiy-tadqiqot ishlarini chop etadi:

- tabiiy tolani dastlabki ishlash texnologiyasi;

- ipak ishlab chiqarish texnologiyasi;

- yigirish texnologiyasi;

- tо‘qimachilik matolari ishlab chiqarish texnologiyasi;

- tо‘qimachilik materialshunosligi;

- tо‘qimachilik sanoati kimyoviy texnologiyasi;

- tikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi;

- charm buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi;

- matbaa texnologiyalari;

- mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi;

- tо‘qimachilik materiallari bо‘yicha yangi ishlanmalar, jumladan dastlabki xomashyo, tolalar, tolali tо‘qimalar va notо‘qima materiallar, tо‘qimachilik kompozitsiyalari kabi boshqa materiallar haqida;

- tо‘qimachilik va yengil sanoat mashina va mexanizmlari;

- tarmoqning iqtisodiy va ekologik muammolari.

Jurnal chop etish uchun maqolalarning quyidagi turlarini kо‘rib chiqadi:

Ilmiy maqola sifatida:

1. Asl tadqiqot yuzasidan maqola (3000 dan 6000 gacha sо‘zdan, 15 dan ortiq havola etilgan manbadan iborat);

2. Tahliliy maqola (6000 dan 9000 gacha sо‘zdan, 60 dan ortiq havola etilgan manbadan iborat).

Ilmiy ma’ruza tezislari sifatida:

Yuqorida keltirilgan tarmoqlar bо‘yicha mavjud muammolar va ularning yechimlari tо‘g‘risidagi gepotizalar bayon qilingan 1 betdan
3 betgacha ilmiy ma’ruza tezisi (300 dan 1000 gacha sо‘zdan iborat). Ilmiy ma’ruza tezislari imkon qadar mavjud ishlab chiqarish korxonalaridagi real muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan bо‘lishi tavsiya etiladi.

Taqrizdan о‘tkazish.

Jurnalda yopiq taqriz etish jarayoni amal qiladi, unda taqrizchining ismi muallifga, muallifning ismi taqrizchiga oshkor etilmaydi. Taqrizchi о‘z hohishiga kо‘ra taqrizda ismini kо‘rsatishi mumkin. Har bir maqola kamida ikkita taqrizchi tomonidan о‘rganiladi. Barcha qо‘lyozmalar imkon qadar qisqa muddatlarda kо‘rib chiqiladi, tahririyatning qarori, odatda, 4-6 hafta ichida qabul qilinadi.

Maqolani chop etishga qabul qilish tо‘g‘risidagi yakuniy qarorni tahririyat qabul qiladi.

Nashr etish etikasi.

Jurnal akademik tadqiqotlarning muhofazasini ta’minlashga harakat qiladi. Tahririyat “Nashriyot etikasi” qoidalariga amal qiladi. Maqolada akademik va joriy nashrlarda chop etilgan boshqa mualliflarning va ushbu ish muallifining materiallaridan foydalanishga yо‘l qо‘yilmasligiga harakat qilinadi. Boshqa manbalardan olingan kichik jumlalar va gaplarga havola berilishi kerak. Tahririyat taqdim etilgan maqolada plagiat mavjudligini tekshirish huquqiga ega.

Maqola qо‘lyozmasini yozilishi.

Maqola qо‘lyozmasi quyidagi bо‘limlarni о‘z ichiga oladi (majburiy):

Titul varag‘i;

Annotatsiya;

Kalit sо‘zlar;

Kirish;

Materiallar va usullar;

Natijalar va ularning tahlili;

Xulosalar;

Adabiyotlar rо‘yxati.

Titul varag‘ida kо‘rsatiladi:

Muallif(lar)ning familiyasi, ismi, sharifi (О‘zbek, ingliz, rus tillarida berilishi shart) va orcid raqami;

Maqolaning qisqa va ma’noli nomi (О‘zbek, ingliz, rus tillarida berilishi shart);

Mualliflarning ishlash joyi, tashkilot, bо‘lim (kafedra), shahar (О‘zbek, ingliz, rus tillarida berilishi shart);

Muallif(lar)ning aniq va faol elektron manzili hamda telefon raqami.

AnnotatsiY.

150 dan 200 gacha sо‘zdan iborat referat tarzida bayon etiladi. Referatda hech qanday qisqartmalar va iqtiboslar bо‘lmaydi.

Kalit sо‘zlar.

4 tadan 6 tagacha kalit sо‘zlarni taqdim etishingiz sо‘raladi.

Kirish.

Kirishda tadqiqotning dolzarbligi asoslanadi, maqola mavzusi bо‘yicha mavjud bо‘lgan natijalar qisqacha tahlil qilinadi va muammo belgilanadi, tadqiqot gipotezasi ilgari suriladi va ishning maqsadi bayon etiladi.

Materiallar va usullar (tajribaviy qism).

Bо‘lim bir necha bо‘limchalardan iborat bо‘lishi mumkin. Tadqiqot obyektining (materiallarning) manbasi va tavsiflari keltiriladi. Yangi materiallar, buyumlar, konstruksiyalarni olish (sintez qilish, yig‘ish, texnologiya) usuli yoziladi. Ishlab chiqilgan material va buyumlarni fizik, kimyoviy, mexanik, ekspluatatsion va boshqa xossalarini tadqiq etish usullari mos keluvchi standartlarni kо‘rsatgan holda yoziladi. Metodik qism tajribalarni о‘quvchilar qaytara oladigan darajada aniq va batafsil bayon etilishi darkor.

Natijalar va ularning tahlili.

Bо‘lim bir necha bо‘limchalardan iborat bо‘lishi mumkin. Olingan natijalar nazariya, amaliyot, texnologiya, konstruksiya, buyumlar, jarayonlar, mexanizmlarning zamonoviy talqini asosida muhokama etiladi. Olingan natijalarning yangiligi va yetarlicha asoslanganligiga e’tibor qarating, qо‘rib chiqilayotgan sohaga tegishli innovatsion ishlanmalar yaxshi qabul qilinadi. Barcha jadval va rasmlar matnda keltiriladi va faol muhokama etiladi. Butun tahlil jarayoni e’lon qilingan mavzu va tadqiqot maqsadiga qaratilishi kerak.

Xulosalar.

Xulosalar annotatsiyani takrorlamasligi lozim. Xulosalarda ishning asosiy natijalari umumlashtiriladi va olingan natijalarni amaliyotga joriy qilish bо‘yicha tavsiyalar beriladi.

Adabiyotlar rо‘yxati (References).

Havolalar matnda kerakli joyda kvadrat qavs ichidagi raqamlar orqali yoziladi. 

Adabiyotlar rо‘yxati faqat matnda havola berilgan va nashr etilgan yoki nashr etishga qabul qilingan ishlardan iborat bо‘lishi kerak. Shaxsiy ma’lumotlar va nashr etilmagan ishlar matnda eslab ketilishi mumkin. Matnda snoskadan foydalanmang.

Adabiyotlar rо‘yxatida har bir manba uchun kо‘rsatiladi: mualliflarning familiyasi va initsiallari, ishning nomi, manbaning nomi (jurnal, kitob, konferensiya materiallari), chop etilish kо‘rsatkichlari (yil, tom, nomer, betlar), elektron manzili (imkon qadar). Faqat ingliz tilida beriladi.

Matnni formatlash.

Qо‘lyozma Word redaktorida taqdim etiladi.

Matn uchun oddiy shriftdan foydalanig.

Sо‘zlarni ajratish uchun kursivdan foydalaning.

Betlarni avtomatik raqamlashdan foydalaning.

Hoshiya funksiyalaridan foydalanmang.

Abzats uchun maxsus funksiyadan foydalaning, probeldan emas.

Jadvalni yaratishda elektron jadvaldan emas, jadval funksiyasidan foydalaning. Matematik va kimyoviy formulalarni yozishda formula redaktoridan foydalaning.

Interval 1.5 о‘lchamda.

Faylni .docx (Word 2010 va yuqori) formatida saqlang.

Sahifa formati – A4 (210×297 mm); chegaralar chap tomonidan 2 sm, о‘ng tomonidan 2 sm tepadan 2 sm va pastdan 2 sm; shrifti – kegl 12; tipi – Times New Roman; qator oralig‘i – 1,5.

Qisqartmalar.

Qisqartma birinchi marta jumla tо‘liq yozilgan joyda keltiriladi va keyinchalik matnda foydalaniladi.

Doimo xalqaro belgilar, birliklar va simvollardan foydalaning (SI birliklari).

Jadvallar.

Barcha jadvallar arab raqamlari bilan raqamlanadi.

Jadval raqami matnda ketma-ketlikda keladi.

Har bir jadval nomlanadi.

Jadvalda avval e’lon qilingan materialdan foydalanilganda jadval nomidan keyin havola bering.

Rasmlarni rasmiylashtirish.

Barcha son va yozuvlarni elektron shaklda qо‘ying.

Vektorli grafiklar uchun EPS yoki TIFF formatidan foydalanish tavsiya etiladi. MSOffice faylidan ham foydalanish mumkin.

Xira chiziqlar va yozuvlardan foydalanmang, ularni sо‘nggi о‘lchamda aniq о‘qish mumkinligiga ishonch hosil qiling.

Barcha chiziqlar kengligi 0,1 mm dan kam bо‘lmasligi kerak.

Fotografiyada kattalashtirishdan foydalanilgan bо‘lsa, rasmni о‘zida shkala orqali ifodalang.

Rasmlardagi yozuvlar.

Rasmlardagi yozuvlar “ingliz” tilida bо‘lishi shart.

Rasmlarga harflarni qо‘yishda Helvetica yoki Arial shriftlardan foydalangan ma’qul.

Barcha rasmlardagi yozuvlarning balandligi bir xil, odatda 2–3 mm (8–12 pt) atrofida bо‘lishiga e’tibor bering.

Rasmlardagi shrift о‘lchamidagi farqlar minimal darajada bо‘lishi kerak.

Soya, kontur kabi effektlarday foydalanmang.

Sarlavha va rasm nomini rasm ichiga kiritmang.

Rasmlarni raqamlash.

Barcha sonlar arab raqamlarida beriladi.

Rasmlar albatta matnda ketma-ketlikda kо‘rsatiladi.

Rasmning qismlari kichik harflar bilan belgilanadi (a, b, c va h.k).

Rasm ostidagi yozuvlar.

Har bir rasm undagi tasvirni aniq ifodalaydigan qisqa yozuvga ega bо‘lishi kerak.

Rasm ostidagi yozuv “1-rasm” dan boshlanadi.

Raqamdan keyin va yozuv oxirida nuqta qо‘yilmaydi.

Rasmdagi barcha elementlar yozuvda kо‘rsatilsin.

Avval e’lon qilingan materialdan foydalanilganda rasm ostidagi yozuvdan sо‘ng xavola bering.

Rasmlarning о‘lchami ustun kengligiga mos kelishi kerak.

 

ILMIY MА’RUZА TEZISINING UMUMIY TUZULMАSI QО‘YIDАGICHА BО‘LISHI KERАK

1. Tezis nomi (mavzusi);

2. Dalillar;

3. Asosnomasi;

4. Argumentlar;

5. Natija (nimaga erishilgan?);

6. Istiqboli qandash?

Ilmiy ma’ruza tezislar shaklida taqdim etilganda manbalar sharhi, iqtiboslar va kо‘rgazmali materiallar masalan, rasm, jadval, diagramma, grafiklar va boshqalar keltirish tavsiya etilmaydi.

Ilmiy ma’ruza tezislarini tayyorlash bо‘yicha tavsiyalar:

- avvalo, sizning tayyorlayotgan ma’ruza tezislaringiz yuqorida keltirilgan 3 ta tipdan qaysi biriga tegishliligini aniqlashtiring va uning tuzilmasiga tuxtaling;

- tadqiqotingizning asosiy natijasi yoki xulosasi qanday bulishini aniq tasavvur qiling;

- tezislaringizga birlamchi mavzu shakllantiring. Ayni vaqtda quyidagilarni e’tiborda tuting: tezislaringizning qaysi tipga mansubligi; olingan asosiy natija (xulosa) va uning tezislardagi bayoni; taqdim qilinayotgan konferensiya (uning seksiyasi) nomi;

- tezislaringiz tarkibiy bulimlarini siz tanlagan tipdagi tuzilma bulimlari bilan mos tarzda tuzing. Har bir bulimda nima haqida suz yuritilishi ustida chuqur uylang va uning asosiy g‘oyasi (tezisi)ni har bir bulimning tug‘risiga bitta jumla (gap) bilan yozing. Odatda, tezislar matnida bitta bulimga bitta xatboshi tug‘ri keladi. Agar sizda bitta bulimga bir nechta g‘oyalar tug‘ri kelsa, demak, bu bulim bir nechta xatboshidan iborat buladi. Shu tarzda tezislaringizning dastlabki «skeleti» paydo buladi;

- yozilganlarni diqqat bilan о‘qing, ushbu bulimlar va xatboshilar mavzu mazmunini tuliq ochib berish uchun yetarliligini tekshiring. «Kemtik» joylarini tuldiring va tahrir qiling. Zarur bulsa mavzuga ham о‘zgartirish kiritishingiz mumkin;

- tezislarni rasmiylashtirish qoidalarini diqqat bilan о‘qib chiqing va bunda ularning hajmiga e’tibor bering. Shunday qilib, tezislaringizning batafsil rejasiga ega bо‘lasiz. Endi uni yozishga kirishishingiz mumkin;

- tarkib bо‘yicha birinchi xat boshidan boshlab, navbat bilan uz (!) fikrlaringizni bayon qiling va bunda ajratilgan hajmga rioya qiling. Albatta ketma-ketlikni buzmang, birinchi xatboshini yozganingizdan keyin ikkinchisiga о‘ting va h.k.;

- hosil bulgan matnni tulig‘icha о‘qib chiqing. Har bir xatboshini va bitta xatboshidan keyingisiga utish (bog‘lanish) joylarini tahrir qiling. Tezislarni tayyorlash jarayonida yangi fikrlar paydo bо‘lish ehtimoli juda yuqori. Agar yangi fikr matnga kiritilishini lozim deb hisoblasangiz, ularni tegishli joylarga kiriting va qayta kurib chiqing. Bular natijasida ayrim xatboshilar hajmi oshishi mumkin, muhimi tezislar sifati yaxshilanishi va xulosalar kuchayishi lozim;

- tezislarning konferensiya «Axborot xati»da kо‘rsatilgan hajmga mos kelishini tekshiring. Agar hajmi biroz oshib ketgan bulsa, ikkinchi darajali joylarini qisqartiring va mazmunini buzib quymasdan tahrir qiling;

- tezislarni tashkiliy qumita tomonidan quyilgan barcha talablarga muvofiq rasmiylashtiring;

- tayyorlangan tezislarni ilmiy rahbaringiz va malakali hamkasblaringizga kursating, ishning mazmuni, saviyasi va asoslanganligi bо‘yicha ularning ham fikrlarini eshiting;

- va nihoyat, tayyor tezislaringizni konferensiya tashkiliy qumitasiga junatishingiz mumkin.

Ilmiy ish tezislari, uning asosiy g‘oyalari mantiqan izchil, qisqa va lunda bayon qilingan hamda malakali о‘quvchilarga yullangan material bо‘lishi lozim.

Ilmiy ma’ruza tezislarini tayyorlash bо‘yicha tavisyalar va tarkibiy tuzilmasi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar ToshdAU profissori Radjapbay Dusmuratov tomnidan “Ilmiy-amaliy Agroiqtisodiy Jurnali”da chop etilgan “Tezis nima? U qanday tuziladi va chop etiladi” nomli maqolasidan olindi. Muallifga foydali va bugungi kunda dolzarb mavzu yuzasidan chop etgan maqolasi uchun о‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

 

Tezis 3 xil tipdа bо‘lishi mumkin.

1. TIP. Ilmiy muаmmolаr ilgаri surilgаn tezislаr.

Tаrkibi quyidаgichа bо‘lаdi.

1.1. Mаvzuning dolzаrbligi;

1.2. Tаdqiqot mаqsаdi;

1.3. Vаzifаlаr (muаmmolаr);

1.4. Muаmmogа mаvjud yondoshuvlаr;

1.5. Muаllifning yondoshuvlаri;

1.6. Rejаlаshtirilаyotgаn tаdqiqotlаr;

1.7. Xulosа (istiqboli).

 

2. Tаdqiqot nаtijаlаri bаyon qilinаdigаn tezislаr.

2. TIP. Tаrkibi quyidаgichа bо‘lаdi.

2.1. Mаvzuning dolzаrbligi;

2.2. Tаdqiqot mаqsаdi;

2.3. Tаyanch qoidаlаr yoki gipotezаlаr;

2.4. Tаdqiqot metodlаri;

2.5. Orаliq nаtijаlаr (zаrurаt bо‘lgаndа);

2.6. Аsosiy nаtijаlаr;

2.7. Nаtijаlаr tаlqiqni vа xulosаlаr.

 

3. Yangi metodikа yarаtilgаn tezislаr.

3. TIP. Tаrkibi quyidаgichа bо‘lаdi.

3.1. Tаdqiqot mаqsаdi;

3.2. Mаvjud metodikаlаr shаrhi;

3.3. Yangi metodikа bаyoni;

3.4. Yangi metodikаni qо‘llаsh nаtijаlаri;

3.5. Yangi metodikаning аfzаlliklаri vа kаmchiliklаri;

3.6. Xulosаlаr.