Articles : SAIDOV DOSTON NURIDDIN O‘G‘LI
Ushbu maqolada korxonalarda mehnat muhofazasini tashkil etish va operativ boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishga innovatsion yondashuv, boshqaruv jarayonining operatsion texnologiyalarini raqamlashtirish, IT axborot texnologiyalarni amaliy dasturini ishlab chiqish hamda sohalarga joriy qilish orqali, mehnat jarayonida xodimlarning sog‘ligi, xavfsizligi hamda ish qobiliyatini tiklashga qaratilgan tadbirlar bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoni yaratilishi ilmiy asoslab berilgan.
#innovatsion yondashuv #mehnat muhofazasi #kasb kasalliklari #baxtsiz hodisalar #mehnat muhofazasini boshqarish #xavfsizlik siyosati
Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etishning konseptual va uslubiy asosini shakllantirish amaliyoti shiddat bilan amalga oshib bormoqda. Ayniqsa, ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasini tashkil etish va boshqarish jarayonlarida raqamli transformatsiya texnologiyalari o‘zaro integratsiyalashgan va avtomatlashtirilgan tizimlar orqali xavfsizlikni ta’minlash va xodimlar salomatligini saqlashda katta o‘zgarishlar kiritmoqda. Ushbu texnologiyalar korxonalardagi jarayonlarni kuzatish, boshqarish va xavf-xatarlarni oldindan aniqlash imkonini beradi.
#boshqaruv #mehnat muhofazasi #raqamli transformatsiya #tashkil etish #ishlab chiqarish korxonasi