Maqola chop etish uchun texnik talab
Maqola qо‘lyozmasini yozilishi.
Maqola qо‘lyozmasi quyidagi bо‘limlarni о‘z ichiga oladi (majburiy):
Titul varag‘i;
Annotatsiya;
Kalit sо‘zlar;
Kirish;
Materiallar va usullar;
Natijalar va ularning tahlili;
Xulosalar;
Adabiyotlar rо‘yxati.
Titul varag‘ida kо‘rsatiladi:
Muallif(lar)ning familiyasi, ismi, sharifi (О‘zbek, ingliz, rus tillarida berilishi shart) va orcid raqami;
Maqolaning qisqa va ma’noli nomi (О‘zbek, ingliz, rus tillarida berilishi shart);
Mualliflarning ishlash joyi, tashkilot, bо‘lim (kafedra), shahar (О‘zbek, ingliz, rus tillarida berilishi shart);
Muallif(lar)ning aniq va faol elektron manzili hamda telefon raqami.
Annotatsiya.
150 dan 200 gacha sо‘zdan iborat referat tarzida bayon etiladi. Referatda hech qanday qisqartmalar va iqtiboslar bо‘lmaydi.
Kalit sо‘zlar.
4 tadan 6 tagacha kalit sо‘zlarni taqdim etishingiz sо‘raladi.
Kirish.
Kirishda tadqiqotning dolzarbligi asoslanadi, maqola mavzusi bо‘yicha mavjud bо‘lgan natijalar qisqacha tahlil qilinadi va muammo belgilanadi, tadqiqot gipotezasi ilgari suriladi va ishning maqsadi bayon etiladi.
Materiallar va usullar (tajribaviy qism).
Bо‘lim bir necha bо‘limchalardan iborat bо‘lishi mumkin. Tadqiqot obyektining (materiallarning) manbasi va tavsiflari keltiriladi. Yangi materiallar, buyumlar, konstruksiyalarni olish (sintez qilish, yig‘ish, texnologiya) usuli yoziladi. Ishlab chiqilgan material va buyumlarni fizik, kimyoviy, mexanik, ekspluatatsion va boshqa xossalarini tadqiq etish usullari mos keluvchi standartlarni kо‘rsatgan holda yoziladi. Metodik qism tajribalarni о‘quvchilar qaytara oladigan darajada aniq va batafsil bayon etilishi darkor.
Natijalar va ularning tahlili.
Bо‘lim bir necha bо‘limchalardan iborat bо‘lishi mumkin. Olingan natijalar nazariya, amaliyot, texnologiya, konstruksiya, buyumlar, jarayonlar, mexanizmlarning zamonoviy talqini asosida muhokama etiladi. Olingan natijalarning yangiligi va yetarlicha asoslanganligiga e’tibor qarating, qо‘rib chiqilayotgan sohaga tegishli innovatsion ishlanmalar yaxshi qabul qilinadi. Barcha jadval va rasmlar matnda keltiriladi va faol muhokama etiladi. Butun tahlil jarayoni e’lon qilingan mavzu va tadqiqot maqsadiga qaratilishi kerak.
Xulosalar.
Xulosalar annotatsiyani takrorlamasligi lozim. Xulosalarda ishning asosiy natijalari umumlashtiriladi va olingan natijalarni amaliyotga joriy qilish bо‘yicha tavsiyalar beriladi.
Adabiyotlar rо‘yxati (References).
Havolalar matnda kerakli joyda kvadrat qavs ichidagi raqamlar orqali yoziladi.
Adabiyotlar rо‘yxati faqat matnda havola berilgan va nashr etilgan yoki nashr etishga qabul qilingan ishlardan iborat bо‘lishi kerak. Shaxsiy ma’lumotlar va nashr etilmagan ishlar matnda eslab ketilishi mumkin. Matnda snoskadan foydalanmang.
Adabiyotlar rо‘yxatida har bir manba uchun kо‘rsatiladi: mualliflarning familiyasi va initsiallari, ishning nomi, manbaning nomi (jurnal, kitob, konferensiya materiallari), chop etilish kо‘rsatkichlari (yil, tom, nomer, betlar), elektron manzili (imkon qadar). Faqat ingliz tilida beriladi.
Matnni formatlash.
Qо‘lyozma Word redaktorida taqdim etiladi.
Matn uchun oddiy shriftdan foydalanig.
Sо‘zlarni ajratish uchun kursivdan foydalaning.
Betlarni avtomatik raqamlashdan foydalaning.
Hoshiya funksiyalaridan foydalanmang.
Abzats uchun maxsus funksiyadan foydalaning, probeldan emas.
Jadvalni yaratishda elektron jadvaldan emas, jadval funksiyasidan foydalaning. Matematik va kimyoviy formulalarni yozishda formula redaktoridan foydalaning.
Interval 1.5 о‘lchamda.
Faylni .docx (Word 2010 va yuqori) formatida saqlang.
Sahifa formati – A4 (210×297 mm); chegaralar chap tomonidan 2 sm, о‘ng tomonidan 2 sm tepadan 2 sm va pastdan 2 sm; shrifti – kegl 12; tipi – Times New Roman; qator oralig‘i – 1,5.
Qisqartmalar.
Qisqartma birinchi marta jumla tо‘liq yozilgan joyda keltiriladi va keyinchalik matnda foydalaniladi.
Doimo xalqaro belgilar, birliklar va simvollardan foydalaning (SI birliklari).
Jadvallar.
Barcha jadvallar arab raqamlari bilan raqamlanadi.
Jadval raqami matnda ketma-ketlikda keladi.
Har bir jadval nomlanadi.
Jadvalda avval e’lon qilingan materialdan foydalanilganda jadval nomidan keyin havola bering.
Rasmlarni rasmiylashtirish.
Barcha son va yozuvlarni elektron shaklda qо‘ying.
Vektorli grafiklar uchun EPS yoki TIFF formatidan foydalanish tavsiya etiladi. MSOffice faylidan ham foydalanish mumkin.
Xira chiziqlar va yozuvlardan foydalanmang, ularni sо‘nggi о‘lchamda aniq о‘qish mumkinligiga ishonch hosil qiling.
Barcha chiziqlar kengligi 0,1 mm dan kam bо‘lmasligi kerak.
Fotografiyada kattalashtirishdan foydalanilgan bо‘lsa, rasmni о‘zida shkala orqali ifodalang.
Rasmlardagi yozuvlar.
Rasmlardagi yozuvlar “ingliz” tilida bо‘lishi shart.
Rasmlarga harflarni qо‘yishda Helvetica yoki Arial shriftlardan foydalangan ma’qul.
Barcha rasmlardagi yozuvlarning balandligi bir xil, odatda 2–3 mm (8–12 pt) atrofida bо‘lishiga e’tibor bering.
Rasmlardagi shrift о‘lchamidagi farqlar minimal darajada bо‘lishi kerak.
Soya, kontur kabi effektlarday foydalanmang.
Sarlavha va rasm nomini rasm ichiga kiritmang.
Rasmlarni raqamlash.
Barcha sonlar arab raqamlarida beriladi.
Rasmlar albatta matnda ketma-ketlikda kо‘rsatiladi.
Rasmning qismlari kichik harflar bilan belgilanadi (a, b, c va h.k).
Rasm ostidagi yozuvlar.
Har bir rasm undagi tasvirni aniq ifodalaydigan qisqa yozuvga ega bо‘lishi kerak.
Rasm ostidagi yozuv “1-rasm” dan boshlanadi.
Raqamdan keyin va yozuv oxirida nuqta qо‘yilmaydi.
Rasmdagi barcha elementlar yozuvda kо‘rsatilsin.
Avval e’lon qilingan materialdan foydalanilganda rasm ostidagi yozuvdan sо‘ng xavola bering.
Rasmlarning о‘lchami ustun kengligiga mos kelishi kerak.