Jurnal haqida

Journal of innovative research in textile and light industry

To'liq nomi Journal of innovative research in textile and light industry
Qisqa nomi JIRTLI
Tashkil etilgan sana 2021
Bir yildagi nashrlar soni 4
Veb-sayt https://textile.uzsci.uz/
ISSN nashr 2181-2209 WOSda indekslangan Yo'q
ISSN onlayn Scopusda indekslangan Yo'q
ISSN ingliz RINSda indekslangan Yo'q
Toifalar

“JOURNAL OF INNOVATIVE RESEARCH IN TEXTILE AND LIGHT INDUSTRY” ilmiy texnik jurnali 2021 yildan beri nashr etiladi va to'qimachilik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini chop etish platformasi bo'lib xizmat qiladi. Uning asosiy maqsadi toʻqimachilik, yengil, paxta sanoati, ekologiya va mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat iqtisodiyoti sohasidagi ilmiy va amaliy yutuqlarni sintez qilishdan iborat.

Nashr soha bo’yicha falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalari e’lon qilinishi kerak bo‘lgan taqrizlanadigan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

ISSN: 2181-2209

Maqola qо‘lyozmasini taqdim etish qoidalari

 

Qо‘lyozmani taqdim etish.

Qо‘lyozmani taqdim etish doirasida Siz о‘zingizning asl ishingizni jо‘natayotganingizni, shu ishga huquqingiz mavjudligini, shu ishni birinchi marotaba ushbu jurnalda chop etish uchun taqdim etayotganingizni, bu ish boshqa jurnal yoki nashrlarda chop etish uchun kо‘rib chiqilmayotganligini kafolatlashingiz kerak. Maqola tahririyatga topshirilishida matnlarning originalligini aniqlash tizimda teksthirilib, teksthirish natijalari bilan taqdim etilishi hamda ishning originalligi 75% dan kam bо‘lmasligi kerak. Maqola barcha mualliflar tomonidan va ish bajarilgan tashkilot tomonidan ma’qullangan bо‘lishi kerak. Tashkilotning roziligi rahbariyatning yо‘llanma xati orqali isbotlanadi. Qо‘lyozma о‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

 

Biz nimani chop etamiz?

«Journal of Innovative Research in Textile and Light Industry» jurnali mutaxassislarning qо‘yidagi yо‘nalishlardagi ilmiy-tadqiqot ishlarini chop etadi:

- tabiiy tolani dastlabki ishlash texnologiyasi;

- ipak ishlab chiqarish texnologiyasi;

- yigirish texnologiyasi;

- tо‘qimachilik matolari ishlab chiqarish texnologiyasi;

- tо‘qimachilik materialshunosligi;

- tо‘qimachilik sanoati kimyoviy texnologiyasi;

- tikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi;

- charm buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi;

- matbaa texnologiyalari;

- mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi;

- tо‘qimachilik materiallari bо‘yicha yangi ishlanmalar, jumladan dastlabki xomashyo, tolalar, tolali tо‘qimalar va notо‘qima materiallar, tо‘qimachilik kompozitsiyalari kabi boshqa materiallar haqida;

- tо‘qimachilik va yengil sanoat mashina va mexanizmlari;

- tarmoqning iqtisodiy va ekologik muammolari.

 

Jurnal chop etish uchun maqolalarning quyidagi turlarini kо‘rib chiqadi:

Ilmiy maqola sifatida:

1. Asl tadqiqot yuzasidan maqola (3000 dan 6000 gacha sо‘zdan, 15 dan ortiq havola etilgan manbadan iborat);

2. Tahliliy maqola (6000 dan 9000 gacha sо‘zdan, 60 dan ortiq havola etilgan manbadan iborat).

 

 

 

Ilmiy ma’ruza tezislari sifatida:

Yuqorida keltirilgan tarmoqlar bо‘yicha mavjud muammolar va ularning yechimlari tо‘g‘risidagi gepotizalar bayon qilingan 1 betdan
3 betgacha ilmiy ma’ruza tezisi (300 dan 1000 gacha sо‘zdan iborat). Ilmiy ma’ruza tezislari imkon qadar mavjud ishlab chiqarish korxonalaridagi real muammolar va ularning yechimlariga qaratilgan bо‘lishi tavsiya etiladi.

 

Taqrizdan о‘tkazish.

Jurnalda yopiq taqriz etish jarayoni amal qiladi, unda taqrizchining ismi muallifga, muallifning ismi taqrizchiga oshkor etilmaydi. Taqrizchi о‘z hohishiga kо‘ra taqrizda ismini kо‘rsatishi mumkin. Har bir maqola kamida ikkita taqrizchi tomonidan о‘rganiladi. Barcha qо‘lyozmalar imkon qadar qisqa muddatlarda kо‘rib chiqiladi, tahririyatning qarori, odatda, 4-6 hafta ichida qabul qilinadi.

Maqolani chop etishga qabul qilish tо‘g‘risidagi yakuniy qarorni tahririyat qabul qiladi.

 

Nashr etish etikasi.

Jurnal akademik tadqiqotlarning muhofazasini ta’minlashga harakat qiladi. Tahririyat “Nashriyot etikasi” qoidalariga amal qiladi. Maqolada akademik va joriy nashrlarda chop etilgan boshqa mualliflarning va ushbu ish muallifining materiallaridan foydalanishga yо‘l qо‘yilmasligiga harakat qilinadi. Boshqa manbalardan olingan kichik jumlalar va gaplarga havola berilishi kerak. Tahririyat taqdim etilgan maqolada plagiat mavjudligini teksthirish huquqiga ega.

 

Maqola qо‘lyozmasini yozilishi.

Maqola qо‘lyozmasi quyidagi bо‘limlarni о‘z ichiga oladi (majburiy):

Titul varag‘i;

Annotatsiya;

Kalit sо‘zlar;

Kirish;

Materiallar va usullar;

Natijalar va ularning tahlili;

Xulosalar;

Adabiyotlar rо‘yxati.

 

Titul varag‘ida kо‘rsatiladi:

Muallif(lar)ning familiyasi, ismi, sharifi (О‘zbek, ingliz, rus tillarida berilishi shart) va orcid raqami;

Maqolaning qisqa va ma’noli nomi (О‘zbek, ingliz, rus tillarida berilishi shart);

Mualliflarning ishlash joyi, tashkilot, bо‘lim (kafedra), shahar (О‘zbek, ingliz, rus tillarida berilishi shart);

Muallif(lar)ning aniq va faol elektron manzili hamda telefon raqami.

AnnotatsiY.

150 dan 200 gacha sо‘zdan iborat referat tarzida bayon etiladi. Referatda hech qanday qisqartmalar va iqtiboslar bо‘lmaydi.

 

Kalit sо‘zlar.

4 tadan 6 tagacha kalit sо‘zlarni taqdim etishingiz sо‘raladi.

 

Kirish.

Kirishda tadqiqotning dolzarbligi asoslanadi, maqola mavzusi bо‘yicha mavjud bо‘lgan natijalar qisqacha tahlil qilinadi va muammo belgilanadi, tadqiqot gipotezasi ilgari suriladi va ishning maqsadi bayon etiladi.

 

Materiallar va usullar (tajribaviy qism).

Bо‘lim bir necha bо‘limchalardan iborat bо‘lishi mumkin. Tadqiqot obyektining (materiallarning) manbasi va tavsiflari keltiriladi. Yangi materiallar, buyumlar, konstruksiyalarni olish (sintez qilish, yig‘ish, texnologiya) usuli yoziladi. Ishlab chiqilgan material va buyumlarni fizik, kimyoviy, mexanik, ekspluatatsion va boshqa xossalarini tadqiq etish usullari mos keluvchi standartlarni kо‘rsatgan holda yoziladi. Metodik qism tajribalarni о‘quvchilar qaytara oladigan darajada aniq va batafsil bayon etilishi darkor.

 

Natijalar va ularning tahlili.

Bо‘lim bir necha bо‘limchalardan iborat bо‘lishi mumkin. Olingan natijalar nazariya, amaliyot, texnologiya, konstruksiya, buyumlar, jarayonlar, mexanizmlarning zamonoviy talqini asosida muhokama etiladi. Olingan natijalarning yangiligi va yetarlicha asoslanganligiga e’tibor qarating, qо‘rib chiqilayotgan sohaga tegishli innovatsion ishlanmalar yaxshi qabul qilinadi. Barcha jadval va rasmlar matnda keltiriladi va faol muhokama etiladi. Butun tahlil jarayoni e’lon qilingan mavzu va tadqiqot maqsadiga qaratilishi kerak.

 

Xulosalar.

Xulosalar annotatsiyani takrorlamasligi lozim. Xulosalarda ishning asosiy natijalari umumlashtiriladi va olingan natijalarni amaliyotga joriy qilish bо‘yicha tavsiyalar beriladi.

 

Adabiyotlar rо‘yxati (References).

Havolalar matnda kerakli joyda kvadrat qavs ichidagi raqamlar orqali yoziladi. 

Adabiyotlar rо‘yxati faqat matnda havola berilgan va nashr etilgan yoki nashr etishga qabul qilingan ishlardan iborat bо‘lishi kerak. Shaxsiy ma’lumotlar va nashr etilmagan ishlar matnda eslab ketilishi mumkin. Matnda snoskadan foydalanmang.

Adabiyotlar rо‘yxatida har bir manba uchun kо‘rsatiladi: mualliflarning familiyasi va initsiallari, ishning nomi, manbaning nomi (jurnal, kitob, konferensiya materiallari), chop etilish kо‘rsatkichlari (yil, tom, nomer, betlar), elektron manzili (imkon qadar). Faqat ingliz tilida beriladi.

 

Matnni formatlash.

Qо‘lyozma Word redaktorida taqdim etiladi.

Matn uchun oddiy shriftdan foydalanig.

Sо‘zlarni ajratish uchun kursivdan foydalaning.

Betlarni avtomatik raqamlashdan foydalaning.

Hoshiya funksiyalaridan foydalanmang.

Abzats uchun maxsus funksiyadan foydalaning, probeldan emas.

Jadvalni yaratishda elektron jadvaldan emas, jadval funksiyasidan foydalaning. Matematik va kimyoviy formulalarni yozishda formula redaktoridan foydalaning.

Interval 1.5 о‘lchamda.

Faylni .docx (Word 2010 va yuqori) formatida saqlang.

Sahifa formati – A4 (210×297 mm); chegaralar chap tomonidan 2 sm, о‘ng tomonidan 2 sm tepadan 2 sm va pastdan 2 sm; shrifti – kegl 12; tipi – Times New Roman; qator oralig‘i – 1,5.

 

 

Qisqartmalar.

Qisqartma birinchi marta jumla tо‘liq yozilgan joyda keltiriladi va keyinchalik matnda foydalaniladi.

Doimo xalqaro belgilar, birliklar va simvollardan foydalaning (SI birliklari).

 

Jadvallar.

Barcha jadvallar arab raqamlari bilan raqamlanadi.

Jadval raqami matnda ketma-ketlikda keladi.

Har bir jadval nomlanadi.

Jadvalda avval e’lon qilingan materialdan foydalanilganda jadval nomidan keyin havola bering.

 

Rasmlarni rasmiylashtirish.

Barcha son va yozuvlarni elektron shaklda qо‘ying.

Vektorli grafiklar uchun EPS yoki TIFF formatidan foydalanish tavsiya etiladi. MSOffice faylidan ham foydalanish mumkin.

Xira chiziqlar va yozuvlardan foydalanmang, ularni sо‘nggi о‘lchamda aniq о‘qish mumkinligiga ishonch hosil qiling.

Barcha chiziqlar kengligi 0,1 mm dan kam bо‘lmasligi kerak.

Fotografiyada kattalashtirishdan foydalanilgan bо‘lsa, rasmni о‘zida shkala orqali ifodalang.

 

 

 

Rasmlardagi yozuvlar.

Rasmlardagi yozuvlar “ingliz” tilida bо‘lishi shart.

Rasmlarga harflarni qо‘yishda Helvetica yoki Arial shriftlardan foydalangan ma’qul.

Barcha rasmlardagi yozuvlarning balandligi bir xil, odatda 2–3 mm (8–12 pt) atrofida bо‘lishiga e’tibor bering.

Rasmlardagi shrift о‘lchamidagi farqlar minimal darajada bо‘lishi kerak.

Soya, kontur kabi effektlarday foydalanmang.

Sarlavha va rasm nomini rasm ichiga kiritmang.

 

Rasmlarni raqamlash.

Barcha sonlar arab raqamlarida beriladi.

Rasmlar albatta matnda ketma-ketlikda kо‘rsatiladi.

Rasmning qismlari kichik harflar bilan belgilanadi (a, b, c va h.k).

 

Rasm ostidagi yozuvlar.

Har bir rasm undagi tasvirni aniq ifodalaydigan qisqa yozuvga ega bо‘lishi kerak.

Rasm ostidagi yozuv “1-rasm” dan boshlanadi.

Raqamdan keyin va yozuv oxirida nuqta qо‘yilmaydi.

Rasmdagi barcha elementlar yozuvda kо‘rsatilsin.

Avval e’lon qilingan materialdan foydalanilganda rasm ostidagi yozuvdan sо‘ng xavola bering.

Rasmlarning о‘lchami ustun kengligiga mos kelishi kerak.

Bosh muharrir: kimyo fanlari doktori, professor Adxam Salimovich Rafiqov.

Bosh muharrir о‘rinbosari: texnika bо‘yicha falsafa doktori, dotsent Asror Mahmayusupovich Daminov

Mas’ul kotib: texnika bо‘yicha falsafa doktori, dotsent Nodir Amonovich Navruzov

Tahririyat hay’ati:

Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi;

t.f.d., prof. A.Z.Mamatov, t.f.d., prof. A.Parpiyev, t.f.d., prof. M.Ergashov, t.f.n., prof., A.A.Ismailov, t.f.d., dots. SH.SH.Xakimov, t.f.n., prof A.M.Salimov,  t.f.d., dots. X.S.Usmanov, PhD., dots. M.E.Ruzmetov, t.f.n. dots. M.A.Gapparova, PhD., prof. A.P.Mavlyanov, PhD., dots. T.Tuychiyev, PhD., dots. N.A.Navruzov, PhD., dots. M.M.Ochilov, PhD. SH.SH.Shuxratov, PhD.,dots. M.D.Shoraxmedova, DSc, M.X.Axmedov, PhD.,dots. E.Berdanov, PhD, S.Elmonov, PhD, B.N.Kuziyev, PhD, M.Bobomurodov

Ipak ishlab chiqarish texnologiyasi;

t.f.d., prof. A.E.Gulamov, DSc. J.A.Axmedov, t.f.d., dots. K.R.Avazov, DSc Q.E.Sobirov, PhD., dots. X.X.Umirzakova, PhD., A.P.Eshmirzayev, PhD., M.A.Hakimova

Yigirish texnologiyasi;

t.f.n., dots. T.B.Murodov, t.f.n., dots. S.L.Matismailov, t.f.n., dots. A.P.Pirmatov, t.f.n., dots. SH.R.Fayzullayev, PhD., dots. O.O.Rajapov, PhD., dots. F.F.Raxmatullinov, PhD., K.Axmedov

Tо‘qimachilik matolari ishlab chiqarish texnologiyasi;

t.f.d., prof. M.M.Muqimov, t.f.d., prof. N.R.Xanxodjayeva, DSc., D.N.Kadirova, t.f.d., dots. U.T.Abdullayev, t.f.n., dots. B.K.Xasanov, PhD., dots. B.D.Doniyorov, t.f.n., dots. M.A.Doniyorova, PhD. G.X.Gulyayeva, PhD. X.A.Xazratkulov, PhD. X.Y.Rasulov, PhD., dots. N.B.Yusupova, PhD., dots. O.A.Ortiqov, PhD., dots. U.R.Uzakova, PhD., v.b. dots. R.M.Yangiboyev

Tо‘qimachilik materialshunosligi;

t.f.d., prof. S.A.Xamroyeva, t.f.n., prof. T.A.Ochilov, PhD. U.B.Rajabova

Kimyoviy texnologiya;

t.f.d., prof. D.B.Xudoyberdiyeva, t.f.d., prof. I.A.Nabiyeva, DSc., dots. M.X.Mirzaxmedova, t.f.n., dots. M.SH.Xasanova, t.f.n., dots. N.S.Amirova, PhD., dots. S.X.Karimov, t.fn., dots., S.X.Xasanova

Tikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi;

t.f.d., prof. S.SH.Toshpulatov, t.f.d., prof. M.A.Mansurova, t.f.n., dots. M.Babadjanova, PhD., dots. A.B.Kasimova, PhD., B.A.Rasulmuxamedova

Charm buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi;

t.f.d., dots. A.Y.Toshev, t.f.d., dots. N.B.Mirzayev, PhD., dots. D.Z.Pazilova

Matbaa texnologiyalari;

t.f.d., prof. X.A.Babaxanova, PhD. I.A.Bulanov, PhD., dots. A.A.Djalilov, PhD., D.R.Safayeva

Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi;

t.f.d., dots. O.M.Yо‘ldosheva, t.f.n., S.T.Tuxtabayev, t.f.n., dots. I.Axmedov, PhD., J.S.Arabov, PhD., F.Sirojiddinov, PhD., N.Xusanova.

Yengil sanoat korxonalari iqtisodiyoti;

PhD. N.M.Muminova, PhD. M.X.Temirov, PhD. O.A.Davronov, PhD. I.B.Jumaniyazov, PhD., M.R.Xudoykulov, PhD., B.B.Djurayev, PhD. Z.X.Bazarov

Soxaga tegishli fundamental fanlar, ingliz va nemis tili filologiyasi;
DSc. F.Ikromxonova, PhD. G.Inamova, PhD. X.Boymonov