Articles
Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etishning konseptual va uslubiy asosini shakllantirish amaliyoti shiddat bilan amalga oshib bormoqda. Ayniqsa, ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasini tashkil etish va boshqarish jarayonlarida raqamli transformatsiya texnologiyalari o‘zaro integratsiyalashgan va avtomatlashtirilgan tizimlar orqali xavfsizlikni ta’minlash va xodimlar salomatligini saqlashda katta o‘zgarishlar kiritmoqda. Ushbu texnologiyalar korxonalardagi jarayonlarni kuzatish, boshqarish va xavf-xatarlarni oldindan aniqlash imkonini beradi.
#boshqaruv #mehnat muhofazasi #raqamli transformatsiya #tashkil etish #ishlab chiqarish korxonasi
Maqolada paxtadagi ulyuk miqdorini aniqlash metodikasini ishlab chiqish maqsadi qo‘yilgan. Paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan toladagi nuqsonlar tarkibida ulyuk miqdorini ulushi ahamiyatli darajada yuqori bо‘lganligi sababli tola sinfini pasaytirish holatlari mavjudligi kо‘rsatilgan, uni texnologik jarayonlarda tozalash masalasiga e’tibor berish kerakligi ta’kidlangan.Ulyuk miqdorini aniqlashni ilmiy asoslangan metodikasini ishlab chiqish dolzarb masala ekanligi kо‘rsatib о‘tilgan.
Maqolada paxta tarkibidagi ulyukni aniqlash metodikasini asosiy kо‘rsatkichlari namuna olish tartibi, namuna og‘irligi va tajriba qaytaligini aniqlash bо‘yicha tajriba natijalari keltirilgan.
Tajriba natijalarini matematik-statistik qayta ishlash asosida ulyukni sonli xarakteristkalari, jumladan о‘rtacha kvadrat cheklanish, dispersiya, variatsiya koeffitsiyenti, kvadrat notekislik, absolyut va nisbiy xatoliklar aniqlangan. Namuna olish nuqtalari soni, namuna og‘irligi va tajriba qaytaligi bilan absolyut va nisbiy xatolik о‘rtasidagi bog‘lanishlar olingan.
Paxta tarkibidagi ulyuk miqdorini aniqlashda kerakli ishonchlilik darajasida minium xatolikni kafolatlovchi namuna olish nuqtalari soni, namuna og‘irligi va tajriba qaytаlagini ratsional qiymatlari asoslangan va tavsiya etilgan.
#nuqsonlar #metodika #ulyuk #Paxta iflosligi #pishmagan tola plastigi #namuna og‘irligi #tajriba qaytaligi #nuqsonlarni sonli xarakteristikasi #о‘rtacha qiymat #о‘rtacha kvadrat cheklanish #kvadrat notekslik #absolyut va nisbiy xatolik #ishonchlilik intervali