Maqolalar : YAKUBOV KAMOLIDDIN NURITDIN O‘G‘LI

12 Dec 3, 2024 12:48:20 PM
Annotatsiya

Paxtani jinlash jarayoni paxtani dastlabki ishlashda asosiy rol о‘ynaydi va yakuniy mahsulot sifatini belgilaydi. Jinlash jarayonida paxta xaroratining ahamiyati tolaning fizik xossalariga va uskunalarning ish unumdorligiga ta’siri bilan izohlanadi. Past хaroratlarda paxta xomashyosining jin ishchi kamerasi qismlari bilan ishqalanish koeffitsiyenti ortadi bu esa uskuna samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi. Yuqori xaroratda tolalarning chigitdan ajralishi osonlashadi, ammo paxtani ortiqcha qizdirish tola strukturasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada paxta haroratining jinlash samaradorligiga ta’siri, shuningdek tola uzunligi va kalta tolalar miqdori kabi parametrlar о‘rganilgan. Tajriba natijalari gistogramma kо‘rinishida keltirilgan bо‘lib, turli xarorat rejimlarining paxta tolasi sifat kо‘rsatkichlariga ta’sirini yaqqol kо‘rsatish imkonini beradi.

#tola sifati #paxta harorati #jinlash #tola namligi #tola shikastlanishi #jarayon samaradorligi